O‘zbekistonda oltinchi bemor koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus aniqlangan Namangan shahrida yashovchi 73 yoshli bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr — Sputnik.  O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Shu yilning 14  aprel kuni Namangan shahrida yashovchi Sh. viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining  reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi. Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda "Covid-19" koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Yana 30 nafar fuqaroda koronavirus tasdiqlandi

73 yoshli (erkak) ushbu bemorning shu kungacha kunlik ahvoli ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari mutaxassislari nazoratida bo‘lgan.

O‘tkazgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 6 kishini tashkil qilmoqda.

Bugun O‘zbekistonning turli hududlarida, xususan, Andijonda 8, Farg‘onada 5, Buxoroda 15, Namanganda 20, Xorazmda esa 4 nafar, jami 52 bemor butkul sog‘aydi. Umumiy hisobda 313 kishi ushbu kasallikni yenggan. Kasallanganlarning umumiy soni esa 1657 kishini tashkil etmoqda.