O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ilk bor Qozog‘istonni ortda qoldirdi

Ushbu reyting OAV erkinligi darajasini baholaydi. O‘zbekiston 180 davlat orasida 156-o‘rinni egalladi. Qayd etish joizki, respublika 2017-yildan buyon 13 pog‘onaga yuqoriladi.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan navbatdagi matbuot erkinligi reytingida to‘rt pog‘ona yuqoriladi. Respublika 180 davlat orasida 156-o‘ringa sazovor topildi.

Ushbu reyting OAV erkinligi darajasini baholaydi. Qayd etish joizki, respublika 2017-yildan buyon 13 pog‘onaga yuqoriladi.

O‘zbekistonda 10 jildlik jurnalistlar qo‘llanmasi ishlab chiqildi

Reytingda O‘zbekistondan keyingi pog‘onani Qozog‘iston (157-o‘rin) egalladi. Tojikiston 161, Turkmaniston esa 179-o‘rinda. Qirg‘iziston 82 o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Hisobotda keltirilishicha, uzoq yillar davomida taqiqqa tushgan saytlar “qora ro‘yxat”dan chiqarilgan. OAVlarni ro‘yxatga olish jarayoni osonlashtirilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy translyatsiyalar paydo bo‘ldi, ayrim jurnalistlar bugungi kunda korrupsiya va majburiy mehnat kabi mavzularni ham yoritishmoqda.

2020 yilgi matbuot erkinligi reytingining kuchli uchligiga Norvegiya, Finlyandiya, Daniya kiritilgan. Shvetsiya, Niderlandiya, Kosta-Rika, Shveysariya, Yamayka, Belgiya, Islandiya davlatlari birinchi o‘nlikka yakun yasagan.

Eng oxirgi o‘rinlarda Vyetnam (175), Xitoy (176), Suriya (177), Turkmaniston (178), Eritreya (179) va Shimoliy Koreya (180) keltirilgan.