Tojikistonda do‘lga qarshi raketa uchirildi

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xodimlari 9 dona “Alazan-6” do‘lga qarshi raketalarni uchirishdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Xuroson va Hisor tumanlarida do‘lga qarshi “Alazan-6” raketalari uchirildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Tojikiston Rog‘un GES uchun Yevropadan mablag‘ izlamoqda

Umumiy hisobda 9 ta raketa uchildi. Uchish muvaffaqiyatli amalga oshirilgani va bu ijobiy natijasini berishi haqida xabar berildi.

"Alazan-6" do‘lga qarshi raketalari ekinlarni, bog‘larni va uzumzorlarni kuchli yog‘ingarchilikdan himoya qilish uchun ishlatiladi.

Tojikistonda bahorgi beqaror ob-havo tufayli kelgusida yana raketalar uchirilishi mumkin.