“Suvtekin”: neft narxi nol darajadan pastga tushdi

Amerikaning WTI markali nefti narxi 30-yilda ilk bor minimal darajagacha pasaydi - ICE birja ma’lumotlari.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. WTI neftiga bo‘lajak fyucherslarning narxi nol darajadan pastga tushdi. Bu haqda ICE birjasi ma’lumotlari dalolat bermoqda.

Rossiya neft urushidan qanday manfaat ko‘rishi mumkin?

“Boshida Shimoliy Amerikaning WTI nefti Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) elektron savdolarida may oyida yetkazib berish uchun bir barrel 0,01 dollargacha tushdi. Bu Moskva vaqti bilan 20.57da ro‘y berdi. Keyin uning narxi mutlaqo salbiy bo‘lib chiqdi. May fucherslari bir barrel uchun minus  40 dollarga sotildi. Bu neft sotuvchilar xaridorlarga, xom ashyoni olishlari uchun qo‘shimcha haq to‘lashlari kerakligini anglatadi”, - deyilgan xabarda.

Amerikaning WTI markali nefti narxi 30-yilda ilk bor minimal darajagacha pasaydi. Koronavirus tarqalishini to‘xtatish maqsadid karantin choralari joriy etilgandan so‘ng, butun dunyoda xom ashyoga talab keskin pasaydi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, aprel oyida neft narxining yana pasayishi davom etishi mumkin, chunki OPEK + bitimi may oyidan kuchga kiradi va talabning tiklanishi iyunga yaqinroq kutilishi mumkin.