O‘zini yakkalagan Moskva – video

Moskvada 1-mayga qadar COVID-19 tufayli joriy etilgan raqamli ruxsatnoma va boshqa cheklovlar uzaytirildi.
Sputnik

Moskvada ishga va boshqa joyga borish uchun, do‘kon va kasalxona bundan mustasno, raqamli ruxsatnoma olish talab etiladi.

Jamoat transportida Moskva aholisi faqat raqamli ruxsatnomaga ma’lumotlari kiritilgan elektron chiptalardan foydalanishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada 20,7 ming kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shulardan 1763 nafari tuzalib ketgan, 173 nafari esa vafot etgan.