O‘zbekistondan Rossiyaga insonparvarlik yordami ortilgan ikkinchi samolyot yo‘lga chiqdi

Bugun O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining tibbiyot niqoblari ortilgan yana bir samolyoti Sheremetyevo aeroportiga yo‘l oldi.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr - Sputnik, Mariya Naumenko. Bugun O‘zbekistondan  Moskvada insonparvarlik yordami ortilgan yana bir samolyot jo‘natildi.

20 aprel kuni O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining tibbiyot niqoblari ortilgan Il-76 TD harbiy samolyoti Rossiya tomon yo‘l oldi, - deyilgan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi xabarida. Samolyot Moskvadagi Sheremetyevo aeroportiga qo‘nishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining birinchi insonparvarlik yordami 18-aprel kuni Moskvaga yetib kelgan edi. Besh million tibbiyot niqoblaridan iborat ushbu insonparvarlik yordamini Sheremetyevo aeroportda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi xodimlari va Rossiya Iqtisodiyot vazirligi vakillari kutib olishgan edi.

Shuningdek, dunyoda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan so‘ng Rossiya O‘zbekistonga va boshqa markaziy Osiyo rsepublikalariga koronavirusni aniqlash test tizimlari va boshqa insonparvarlik yordami yetkazib bergan edi.