Xitoyda epidemiyaning iqtisodiy oqibatlari baholandi

Koronavirus epidemiyasi Xitoyning iqtisodiy rivojlanishiga misli ko‘rilmagan zarba bo‘ldi, biroq hukumat qiynchiliklarni yengib o‘tishiga ishonadi.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Koronavirus  epidemiyasi Xitoyning iqtisodiy rivojlanishiga misli ko‘rilmagan zarba bo‘ldi, ammo hukumat qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga ishonmoqda, dedi Xitoyning Islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasining umumiy iqtisodiy departamenti direktori Yan Penchen. RIA Novosti xabariga asosan.

Qozog‘iston Xitoyga protest notasini yubordi

Xitoyning 2020-yil birinchi chorak yakunida YaIM 6,8 %ga tushdi, 1992-yildan mamlakat iqtisodiyoti birinchi marta past ko‘rsatkichni ko‘rsatdi.

“Bu yilning birinchi choragi juda g‘ayrioddiy edi, yangi koronavirusning epidemiyasi - Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi eng keskin inqiroz bo‘lib, Xitoyning iqtisodiy rivojlanishiga misli ko‘rilmagan zarba bo‘ldi, barcha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar sezilarli darajada pasaydi”, - dedi Penchen.

Mutaxassis birinchi chorakdagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilganda, to‘satdan epidemiyaning paydo bo‘lishi normal iqtisodiy faoliyatni keskin buzganligi, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar deyarli to‘xtaganligini ta’kidladi.

Epidemiya Xitoy iqtisodiyoti uchun misli ko‘rilmagan sinov bo‘lib, unga qarshi kurashish jarayonida hukumat odamlar hayotini saqlab qolish uchun ma’lum haq to‘lashi kerak edi. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i bebaho, shuning uchun qisqa muddatli iqtisodiy qiyinchiliklar - bu oqlangan to‘lovdir.

Xitoy o‘zining ulkan ichki bozoriga tayanib, yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.