O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanish sanasi ma’lum qilindi

“Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

2020 yil uchun zakot miqdori e’lon qilindi

Qarorga muvofiq, muborak Ramazon oyining karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida o‘tkazilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Ayniqsa, yordamga muhtoj va ehtiyojmand shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar yanada kuchaytiriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga ko‘ra, 2020-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 24-aprel kuniga to‘g‘ri keladi.