Markaziy bank Gruziya bankiga litsenziya berdi

“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, litsenziya Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-apreldagi qaroriga muvofiq berilgan.

Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasi O‘zbekistonda tijorat bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomaga ega bo‘lgan edi.