Xitoy COVID-19 laboratoriyada yaratilgani haqidagi taxminni rad qildi

Fransiyalik virusolog Lyuk Montanye yangi COVID-19 koronavirusi tabiiy kelib chiqmagan, u laboratoriyada tayyorlangan, deb taxmin qildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. 2008 yilda VICh bo‘yicha tadqiqoti uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan fransiyalik virusolog Lyuk Montanye yangi COVID-19 koronavirusi tabiiy kelib chiqishga ega emasligi va u laboratoriyada tayyorlangan degan taxmin bildirdi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, ehtimol bu OITSga qarshi vaksinani ishlab chiqmoqchi bo‘lgan molekulyar biologlarning ishi ekanligini ta’kidladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Britaniya razvedkasi COVID-19 paydo bo‘lishiga doir yangi taxminlarni ko‘rib chiqmoqda

XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan vakili fransiyalik olimning so‘zlari yuzasidan izoh berdi.

“Biz bu ilmiy masala ekanligini bir necha bor ta’kidlaganmiz, uni shifokorlar va olimlar o‘rganishi zara va bu masala siyosiylashtirmaslik kerak. Hozirgi vaqtda JSST va mutaxassislarning aksariyati laboratoriyada yangi koronavirus yaratilganligi haqida hech qanday dalillar yo‘q, deb hisoblashadi”, - dedi TIV vakili.

2019 yil dekabr oxirida Uxanda koronavirus tarqalgandan so‘ng, OAVlar va internetda yangi virus mahalliy virusologiya instituti laboratoriyasidan “chiqib ketgani”  to‘g‘risida bir nechta taxminlar e’lon qilindi.

Uxan virusologiya instituti o‘zi esa yanvarda ochiq maktubda bunday taxminlarni yolg‘on deb, o‘z xodimlarining vijdoni toza ekanligini ta’kidladi.