Davlat xizmatchilari xorijiy banklarda pul saqlashi mumkin emas – Ozoda Rahmon

Tojikiston prezidenti administratsiyasi rahbari Ozoda Rahmon davlat xizmatchilari ish faoliyati to‘g‘risidagi qonunga kiritiladigan yangi o‘zgartirishlar yuzasidan izoh berdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Tojikistonda davlat xizmatchilari xorijiy banklarda hisob olish taqiqlanadi, deb ma’lum qildi Tojikiston prezidenti administratsiyasi rahbari Ozoda Rahmon. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Tojikistonda muhim o‘zgarish: Rahmonning o‘g‘li yuqori lavozimga saylandi

Davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunga yangi o‘zgartirishlar mamlakat Oliy kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.

Ozoda Rahmon ta’kidlashicha, kiritilgan o‘zgartirishlar davlat xizmatchilari uchun qator cheklovlarni ko‘zda tutadi. Amaldorlarga xorijiy hisob raqamlarini ochish, tijorat tashkilotlarini boshqarish va biznes yuritish taqiqlanadi.