O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 1500 nafarga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda yana besh fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bemorlarning umumiy soni 1495 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana besh fuqaroga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Ularning testi musbat chiqqan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Toshkent bo‘ylab qayerlarga karantin to‘siqlari o‘rnatilganini ko‘rsatuvchi portal ishga tushdi

“2020 yil 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1495 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Kecha koronavirus bilan kasallangan bemor ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan vafot etgan edi.

O‘zbekistonda 194 kishi koronavirusdan to‘liq davolandi. Vafot etganlar 5 kishini tashkil etmoqda.