Toshkent bo‘ylab qayerlarga karantin to‘siqlari o‘rnatilganini ko‘rsatuvchi portal ishga tushdi

Ushbu geoportalda to‘siqlar joylashgan joy xaritada qizil chiziqlar bilan aks ettirilgan bo‘lib, ularning soni bugungi kunda 1415 tani tashkil etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Karantin tufayli Toshkent shahri ko‘chalariga o‘rnatilgan to‘siqlar haqida ma’lumot beruvchi portal ishga tushirildi.

Geoportal “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi hamda Toshkent shahar IIBB hamkorligida yaratilgan.

Ushbu geoportalda to‘siqlar joylashgan joy xaritada qizil chiziqlar bilan aks ettirilgan bo‘lib, ularning soni bugungi kunda 1415 tani tashkil etmoqda.

Toshkent bo‘ylab qayerlarga karantin to‘siqlari o‘rnatilganini ko‘rsatuvchi portal ishga tushdi

Geoportal barcha uchun ochiq shaklda yaratilgan. Unga covid19.geoportal.uz manzili orqali kirish hamda foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, karantin tufayli  poytaxtning ko‘plab ko‘chalar va mahallalarda vaqtincha qatnovlarni cheklash maqsadida to‘siqlar o‘rnatilgan.