Poytaxtda “ximchistkalar“ faoliyati qayta tiklandi

Koronavirus pandemiyasi ko‘plab soha va tarmoqlar faoliyatining to‘xtashiga sabab bo‘lgan edi. Toshkentda kimoviy tozalash muassasalari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Toshkent shahrida kimoviy tozalash muassasalari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentda nooziq-ovqat do‘konlari faoliyati to‘xtatiladi

“Toshkent shahar aholisi talab va ehtiyoji hamda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish xulosalaridan kelib chiqib, poytaxtimizdagi kimoviy tozalash muassasalari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, kimoviy tozalash muassasalari karantin talablari va ishni qayta tiklash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga to‘liq amal qilishi talab etiladi. Shuningdek, ish boshlashdan avval muassasa hamda xizmatga jalb qilingan xodimlar SEOM tekshiruvidan o‘tishi shart.

Shuningdek, aholi zarur bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligi lozimligi talabidan kelib chiqib, bunday turdagi tashkilotlarga buyurtmalarni olib ketish hamda yetkazib berishni tashkil qilish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi yirik obyektlarda qurilishlar qayta tiklanishi xabar qilingan edi.