Pensionerlar plastik kartasidan komissiya to‘lovi undirilmaydi

Pensionerlarning plastik kartalaridagi operatsiyalar uchun komissiya to‘lovlarini undirmaslik tartibi joriy etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining karantin bilan bog‘liq bir qator yangi tartiblarni o‘z ichiga olgan qarori e’lon qilindi.

May oyidan pensiya va nafaqalar to‘liq plastik kartalarga o‘tkaziladi

Qaror bilan karantin davrida faqatgina bank plastik kartalariga o‘tkazish tartibi belgilanganligini inobatga olgan holda, pensionerlarning plastik kartalaridagi operatsiyalar uchun komissiya to‘lovlarini undirmaslik tartibi joriy etiladi.

Markaziy bank pensiya may oyidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida istiqomat qiluvchi pensionerlarga bank kartalari orqali to‘lanishini ma’lum qilgan edi. Keyingi oylardan boshlab, ushbu chora-tadbirlar bosqichma-bosqich qolgan hududlarda davom ettiriladi. Qaror fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash va koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida qabul qilingan.