Karantin vaqtida poytaxt bozorlari qanday ishlamoqda

Sputnik

Karantin davrida O‘zbekiston barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan. Poytaxtdagi oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham nazoratda, aholi uchun hech qanday xatar yo‘q.

Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Harorati 37 °S va undan yuqori bo‘lgan fuqaro bozor va supermarketga kiritilmaydi

Toshkent bozorlaridagi tartibni huquqni muhofaza qilish organlari nazorat qilmoqda. Barcha xaridorlar ijtimoiy masofa saqlashi shart.

Bozorlarga kiraverishda dezinfeksiya tonellari o‘rnatilgan, barcha keluvchilarning harorati o‘lchanmoqda.

Kiraverishda qo‘llarni ham antiseptik bilan zararsizlantirish shart.

Aytgancha, mahsulotlar qadog‘iga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Misol uchun, go‘sht mahsulotlari oldindan tortilib, alohida paketlarga joylashtirilmoqda.

Poytaxtdagi bozorlar qanday faoliyat yuritayotgani va bu hududlarda qanday xavfsizlik choralari ko‘rilayotgani Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida