O‘zbekiston mehnat vazirining paxtaga boykotni bekor qilish so‘roviga javob qaytarildi

Kolalitsiya va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi muloqot diplomatik darajada davom ettirilishi qayd etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Cotton Campaign koalitsiyasi O‘zbekiston mehnat vazirligining mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtadan foydalanishga e’lon qilingan boykotni bekor qilish borasidagi murojaatiga javob yo‘lladi.

Mehnat vazirligi O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan boykotni olib tashlashni so‘radi

Cotton Campaign koalitsiyasi Mehnat vaziri Nozim Husanovning ushbu murojaatini olqishlagan va birgalikda ishlab chiqilgan "Yo‘l xaritasi"ni amalga oshirishda erishilgan ijobiy siljishlarni e’tirof etib, maqsadga erishishda yordam berishga tayyor ekanligini ta’kidlagan.

"Masala bu yerda boykotni olib tashlash kerakligida emas. Masala, buni qachon va qay tarzda amalga oshirish kerakligida, eng avvalo, boykotni bekor qilish islohotlar ro‘y berayotgan O‘zbekistonda inson mehnati va huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchi mas’ul yetkazib beruvchi va investorlarni ta’minlashda qay tarzda katalizator vazifasini o‘tashi mumkinligida", - degan Cotton Campaign koalitsiyasining hammuassisi Bennett Friman.

Cotton Campaign shuningdek, yangi brendlarni majburiy mehnat muammosi hal etilayotgani, fuqarolik jamiyatiga esa zarur vakolatlar berilayotgani haqida kafolatlovchi mas’ul yetkazib beruvchilarni topishda yordam beradigan yangi kelishuvni ishlab chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Kolalitsiya va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi muloqot diplomatik darajada davom ettirilishi qayd etilgan.