Tojikistonda muhim o‘zgarish: Rahmonning o‘g‘li yuqori lavozimga saylandi

Dushanbe meri Rustam Emomali juma kuni mamlakat parlamentining yuqori palatasi raisi lavozimiga saylandi.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Dushanbe meri Rustam Emomali juma kuni mamlakat parlamenti yuqori palatasi raisi lavozimiga saylandi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston

Tojikiston Rog‘un GES uchun Yevropadan mablag‘ izlamoqda

17 aprel, juma kuni Tojikistonda parlamentning yuqori va quyi palatalari majlislari bo‘lib o‘tdi.

So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda va TBAV rahbari Yodgor Fayzov parlament raisining o‘rinbosari lavozimlariga saylandi.

Emomali Rahmon Tojikiston parlamentini chaqiriq yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Rustam Emomali - Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li.

1987 yilda tug‘ilgan, Tojikiston milliy universitetini xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Avval u Tojikiston bojxona xizmati raisi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi lavozimlarida ishladi.

2017 yil 12-yanvarda prezident farmoni bilan Rustam Emomali Dushanbe meri lavozimiga tayinlandi.

Shu yil 27-mart kuni Dushanbe shahri rahbari Rustam Emomali Tojikiston parlamentining yuqori palatasiga deputat etib saylandi. Uning nomzodi xalq deputatlari viloyat kengashining birinchi qo‘shma majlisida bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.