Mehnat vazirligi O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan boykotni olib tashlashni so‘radi

O‘zbekiston mehnat vaziri xalqaro paxta koalitsiyasidan o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykotni olib tashlashni so‘rab murojaat qildi.
Sputnik

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Cotton Campaign koalitsiyasi rahbariyatiga mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtadan foydalanishga e’lon qilingan boykotni bekor qilish so‘rovi bilan murojaat qildi.

“Cotton Campaign” delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Maktubda O‘zbekiston mehnat vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi rahbariyatiga 2020-yilning 28-yanvar - 6-fevral kunlarida O‘zbekistonga uyushtirilgan tashrifi uchun minnatdorlik bildirgan. 

Shuningdek, xatda O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha va majburiy mehnatning barcha shakllarini yo‘q qilishga qaratilgan qat’iy choralarni ko‘rilayotgani, bu borada Respublikada bir qator qonuniy hujjatlar qabul qilinganini va 2020-yildan boshlab paxta yetishtirishda belgilangan narxda majburiy sotish tartibidan voz kechilganini xabar qilingan.

"O‘zbekiston hukumati tadbirkorlik subyektlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan birgalikda O‘zbekistonda paxta sanoatida olib borilayotgan islohotlarning yangi sahifasini ochishga tayyor.

Yangi sharoitlarga osonroq o‘tish va aholi uchun muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida, sizlarni koalitsiya a’zolari imzolagan Uzbek Cotton Pledge majuuriyatlari doirasida amalga oshirilgan o‘zbek paxtasiga e’lon qilingan boykotni olib tashlashingizni so‘rayman", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari vazir murojaatida, shu kunlarda O‘zbekiston mehnat bozori koronavirus epidemiyasi tufayli misli ko‘rilmagan bosimni boshdan kechirayotgani aytib o‘tilgan. Xususan, 1,5 milliondan ortiq fuqarolari ishsizligi, qat’iy izolyatsiya sababli, 150 ming nafar ishsizlar, 140 ming nafar - doimiy daromadi bo‘lmagan mehnat migrantlari, 200 mingdan ortiq oila qashshoqlik chegarasida ekanligi aytilgan.

Bosqichma-bosqich paxta va g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bekor qilish muhokama qilindi

"Bu borada, Paxta boykotini olib tashlash to‘g‘risidagi qaroringiz hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati aholi bandligini ta’minlashning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qariyb 7000 ta korxonada ishlab chiqarishning o‘zida 200 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi va bir millionga yaqin odamning barqaror daromadini ta’minlaydi", - deyilgan murojaatnomada.

Undan tashqari ushbu boykotni olib tashlash, ayni damda dunyo hamdamiyati uchun juda kerakli bo‘lgan shaxsiy himoya vostalari eksportini oshirishga yordam berishi ham ta’kidlangan. 

Payxta boykotini olib tashlash O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati eksportini 2 baravar oshirishi mumkinligi, mahalliy tekstildan tayyorlangan shaxsiy himoya vositalarini, jarrohlik xalatlari eksportini oshirish butun dunyoda ShHV tanqisligini hal qilishga yordam berishi mumkin bo‘lar edi, - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, xalqaro bozorda O‘zbekiston paxtasi bir necha yildan buyon turli ta’qiqlarga uchrab kelmoqda. Xususan 2009 yilda AQSh o‘zbek paxtasini import qilishga rasman ta’qiq qo‘ygan edi. Shundan  so‘ng bir necha yirik brendlar o‘zbek paxtasidan mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechgan edi.