Belarus Tojikistonga ikki baravar ko‘p traktor jo‘natdi

Traktor Belarus 3522
Birinchi chorakda Tojikistonga ikki baravar ko‘p BELARUS brendi ostidagi traktor va ehtiyot qismlar yetkazib berildi.
Sputnik

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 2020-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Belarusdan Tojikistonga traktorlar yetkazib berish ikki baravarga oshdi, deb xabar qildi "MTZ" matbuot xizmati.

Podgotovka k otkritiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane
Tojikiston Rog‘un GES uchun Yevropadan mablag‘ izlamoqda

“Joriy yilning birinchi uch oyida Tojikistonga 100 dan ortiq traktor va uning ehtiyot qismilari yetkazib berildi”, - deyilgan xabarda.

Tojikistonga BELARUS brendi ostidagi texnika va butlovchi qismlari yetkazib berildi.

Bu turdagi texnikaning import miqdori ko‘payishining asosiy sabablardan biri - 2020-yil yanvar oyida Tojikiston hududiga qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish uchun olib kiriladigan ehtiyot qismlari QQS va bojxona bojlaridan ozod etilgandi.

Shuningdek, Belarus Qozog‘iston va Armanistonga traktorlarni yetkazib berish hajmini ko‘paytirdi.