Qrimda Ukraina foydasiga josuslik qilishda gumonlanuvchi ikki kishi qo‘lga olindi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Ukraina foydasiga josuslik qilishda gumon qilinuvchilarni qo‘lga oldi. Ular Rossiya hududida terakt uyushtirishga urinishgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Qrimda Ukraina foydasiga josuslik qilishda gumon qilinayotgan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xabar qildi.

Qrimda Ukrainaga ishlagan josus-ayol ushlandi

Aniqlik kiritilishicha, ularning harakati Rossiya hududida terakt uyushtirish va davlat sirini o‘g‘irlashga qaratilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Ukraina harbiy razvedkasi Xerson bo‘linmasi boshlig‘i 1975-yilda tug‘ilgan polkovnik Axmedov Oleg Alisherovich rahbarligi ostida harakat qilishgan.

Axmedov guruhiga Kiyevga 2017-2018 yillarda davlat sirini berishda gumon qilinayotgan rossiyalik harbiy ayol va josuslikda gumon qilinayotgan Ukraina fuqarosi kirgan. Hozirda ularga nisbatan Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda.