Lavrov COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi versiyalari haqida fikr bildirdi

Xususan, Daily Mail nashrida chop etilgan maqolada Uxan shahrida ko‘rshapalaklar ustidan qator tadqiqotlar amalga oshiriladigan laboratoriyalar faoliyati Pentagon tomonidan 3,7 million dollar miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirilgani haqida yozilgan
Sputnik

TOShKENT, 15 apr - Sputnik. AQSh, Britaniya, Xitoy va boshqa davlatlarda koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi sabablariga oid turli nazariyalar tarqalmoqda, ammo inqiroz genezisini hissiyotga berilmasdan, jiddiy o‘rganish, faktlarni taqqoslash juda muhim, deya fikr bildiradi RF TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

Ehtimol, dunyodagi karantinni 2-yilga uzaytirishga to‘g‘ri kelar — tadqiqot

"Men inglizlar va amerikaliklarning "Xitoy barchani o‘z vaqtida ogohlantirmagani uchun trillionlab dollar tovon to‘lashi shart", degan bayonotlarni eshitdim. Shu bilan bir vaqtda AQShda demokrat va respublikachilar o‘rtasidagi urushga barham berilgani yo‘q. Prezident Donald Trampni "u bila turib, bu xavfga yetarlicha ahamiyat bermaganlikda" ayblashmoqda", - dedi Lavrov "Kommersant’" nashriga bergan intervyusida COVID-19 paydo bo‘lishining sirli versiyalari to‘g‘risidagi savollarga javob berar ekan.

TIV rahbarining aytishicha, bu singari versiyalarga beriladigan izohlar vaziyat tamomila teskariligini dalillaydi.

Xususan, Daily Mail nashrida chop etilgan Uxan shahrida ko‘rshapalaklar ustidan qator tadqiqotlar amalga oshiriladigan laboratoriyalar haqidagi maqolada, ushbu loyiha Pentagon tomonidan 3,7 million dollar miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirilgani haqida aytilgan.

Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri >>>

"Mana, Daily Mail – eshitgan narsasi haqida boricha yozgan. Lekin bu shunchaki qiziq ma’lumot emas. Bu yerda hammasi aslida qanday bo‘lganini tagiga yetish juda muhim... Bu ish bilan shug‘ullanish kerak, hissiyotga berilmay, teran idrok ila, faktlarni taqqoslagan holda, bunda inqiroz genezisini yaxshi anglash muhim, kelajak uchun shundan xulosa chiqarib, yangi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyalarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish uchun. Bunday holatda axborotlar oqimidan raqib ustidan loy chaplash uchun foydalanib bo‘lmaydi", - deb hisoblaydi RF TIV rahbari.