Milliy gvardiyada yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Milliy gvardiya qo‘mondoniga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, polkovnik Bekmurod Abdullayev O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, polkovnik Mamirjon G‘aniyev Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Polkovnik Sarvar Mamayusupov esa Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan.