Bo‘lajak askarlar dizenfeksiya ishlarida ko‘ngilli ravishda qatnashmoqda

O‘zbekistonda armiyaga yuborilishi kechiktirilgan chaqiriluvchilar ko‘ngilli ravishda dizenfeksiya ishlarida qatnashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga fuqarolarni yuborish tadbirlari kechiktirilgan bo‘lsa-da, saralashdan o‘tgan chaqiriluvchilar ko‘ngilli ravishda dizenfeksiya ishlarida qatnashmoqda.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand, Navoiy hamda Jizzax garnizonida jami 1657 nafar bo‘lajak askar viloyatlarning mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarma va bo‘limlari mas’ullari hamda sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari bilan hamkorlikdagi taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, harbiy okrug kesimidagi kuch tuzilmalarining 30 ga yaqin maxsus texnikalari yo‘llar, ko‘pqavatli binolar atrofi, ko‘chalarda tozalash tadbirlariga jalb qilingan.

Bo‘lajak askarlar dizenfeksiya ishlarida ko‘ngilli ravishda qatnashmoqda

Har bir tumanda yoshlardan iborat 4-5 ta, viloyatlarda  esa 40 ga yaqin otradlar  tuzilib, bozorlar, maishiy savdo do‘konlari hamda aholi yashash manzillariga yuborilmoqda.

Bundan tashqari harbiy texnikalarga o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali fuqarolardan zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirilgan edi.