Tojikiston pandemiya tufayli chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytiradi

Tojikiston 10-apreldan mamlakat hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida o‘z chegaralarini to‘liq yopgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Tojikistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza va ro‘yxatda turish muddatlari COVID-19 tufayli uzaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, hujjatlar muddati epidemiologik vaziyat barqarorlashganicha uzaytiriladi.

“Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari viza muddatini uzaytirish uchun Tojikiston TIVning Bosh konsullik boshqarmasi va Sug‘d viloyatidagi Vakolatxonasiga, ro‘yxatda turish muddatini uzaytirish uchun esa Tojikiston IIVning Pasport- ro‘yxatga olish xizmatiga murojaat qilishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.

Tojikiston 10-apreldan mamlakat hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida o‘z chegaralarini to‘liq yopgan edi.