Qozog‘istonda 82 yoshli onaxon koronavirusni qanday yengdi

Onaxonda surunkali kasalliklari zo‘rayib ketdi. Ayol uning yoshida bu xavfli kasallikni yengish qiyin bo‘ladi, deb xavotir oldi.
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Olma-otada istiqomat qiladigan 82 yoshli Nurbagi Kapasova COVID-19 dan davolanib, shu kunlarda shifoxonadan javob oldi.

“Juda og‘ir bo‘ldi”: afg‘on yigiti koronavirusni qanday yengdi

Fevral oyida onaxon Nur-Sultonga qarindoshlari oldiga keldi. To‘y mart oyida bo‘lishi kerak edi.  Favqulodda vaziyat tufayli to‘y bekor qilindi, 22-mart kuni esa onaxon karantinga olindi.

Qarindoshlarining birida koronavirus infeksiyasi aniqlangani tufayli onaxon poytaxt shifoxonasiga yotqizildi. Ayol oilasi bilan jami o‘n kishi karantinga olindi.

Shifoxonada koronavirusga tahlil ijobiy natijani ko‘rsatdi. Boshida kasallikning hech qanday alomatlari sezilmadi. Birok keyinchalik pnevmoniya va yuqori isitma paydo bo‘ldi.

“Hammasi bo‘lib kasalxona 20 kun yotdim. Juda og‘ir kunlar bo‘ldi. Shu payt men bu yerdan umuman chiqmayman, farzandlarim, nevaralarimni ko‘rmayman deb o‘ylagandim. Axir yoshim 82 da. Shifokorlar davolashdi, qo‘lidan kelgan barcha ishni bajarishdi. Ollohga shukur, hammasi ortda qoldi”, - deydi onaxon Sputnik Qozog‘iston muxbiriga.

Virusga qarshi kuchli preparatlar tufayli unda oshqozon-ichak trakti buzilishi, podagra yomonlashdi, hanuz uning ta’siri bilinmoqda.

“Koronavirus tufayli surunkali kasalliklar bezovta qilishni boshladi – oyoq, bo‘g‘inlar zirqirab-zirqirab og‘rig‘i. Uyga qaytdim, yura olmayapman, biroq bolalarim oldiga qaytganim uchun xursandman”, - dedi u.

COVID-19ga chalinishdan avval ayol surunkali nafas yo‘llarining yallig‘lanishi va gipertoniya bilan og‘rigan.

"Azaliy orzu": Qozog‘istonda erkak va ayollar sochini “kal”ga olmoqda - foto

“Ayni damda shifokorlar tufayli sog‘lig‘im nisbatan yaxshi, menga qaragan shifokor va hamshiralardan juda minnatdorman. Ayniqsa, Sobir ismli shifokorni alohida aytishim mumkin”, - deydi onaxon.

Nurbagi aya bilan bir palatada yosh ayol ham bo‘lgan. U ham hozir shifoxonadan javob olishni kutmoqda.

“Juda yaxshi qiz. Juda yomon bo‘lganimda, o‘zi kasal holida menga qarab, qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi”, - dedi ayol.

Nurbagi Kapasova ta’kidlashicha: kasallik qanchalik og‘ir bo‘lmasin, eng muhimi sabr-toqat qilish, "ishonish va chidash" kerak, shunda kasallikni yengish mumkin.