Namanganda 11 kishi koronavirusdan davolandi

Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 11 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq davolanib uyiga javob berildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Namanganda navbatdagi quvonchli voqea - 1 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq tuzalib, uyiga javob berildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Namanganda 11 kishi koronavirusdan davolandi

Nafaqat Toshkent shahrida, balki hududlarimizda ham malakali shifokorlarimiz tomonidan koronavirus infeksiyasini xalqaro stantdartlar asosida davolash choralari samarali olib borilmoqda. Jumladan, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugun yana koronavirus infeksiyasiga chalingan 11 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi, deyilgan xabarda. 

Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularning xastalikni to‘liq yengib o‘tganligini ko‘rsatdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi jamoasining bahamjihat bo‘lib, ulkan mas’uliyatni chuqur his etgan holda, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning shifo topishi uchun astoydil kurashmoqda. Shuningdek, shifoxonada barcha sharoit yaratilgan, dori-darmon, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tmiz, ayni damda O‘zbekistonda koronavirus kasalligidan butunlay sog‘aygan bemorlar jami soni 85 nafarni tashkil etmoqda.