Koronavirusga chalinganlar soni 934 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 13-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 934 kishiga yetdi
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 13-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 934 kishiga yetdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Karantindan qochish yoki bor bisotini ko‘tarib uzoq yo‘lga piyoda chiqqan ayol haqida

O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 85 nafarga yetdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.

Jons Xopkins universitetining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 1,85 million kishi bu virusga chalingan, ulardan 435 ming kishi sog‘aygan. 114 331 o‘lim holatlari qayd etilgan.

Kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan davlatlar - AQSh (557 590), ikkinchi o‘rinda Ispaniyada (166 800) va uchinchi - Italiya (156 363).