TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 14-apreldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 103,26 so‘mga ko‘tarilib, 9 693,36 so‘m tashkil qildi.
Dollar va yevroning rasmiy kursi keskin ko‘tarildi
© Markaziy bank matbuot xizmati
Yevro esa 234,69 so‘mga qimmatlashdi va 10 599,69 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rublida ham ko‘tarilish kuzatilgan. Rubl 7,03 so‘mga ko‘tarilib, 131,43 co‘mni tashkil qildi.