Karantindagi ishrat: Qo‘qonda fohishaxona fosh etildi

Qo‘qon shahrida fohishaxona tashkil qilgan ayol hibsga olindi. U 300 ming evaziga o‘z uyida ikki fuqaroning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan.
Sputnik

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Qo‘qon shahrida fohishaxona tashkil qilgan ayol hibsga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Jizzaxda hammomda fohishaxona tashkil etgan fuqaroga jinoiy ish ochildi

Xabarda yozilishicha, 06-aprel tezkor tadbir o‘tkazilgan. Uning davomida Z.M. ismli ayol o‘z xonadonida fohishaxona tashkil qilib, T.Sh. va T.N.larning  jinsiy aloqa qilishi uchun 300 ming so‘m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.M.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov xarakatlari davom ettirilmoqda.