O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 767taga yetdi

Tuzalganlar soni 42 nafarni tashkil qilmoqda, uch nafar bemor vafot etgan, 8 nafari og‘ir ahvolda, deb xabar qilmoqda SSV
Sputnik

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. 2020 yil 11-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 767 nafarni tashkil qilmoqda.

Tuzalganlar soni 42 nafarni tashkil qilgan. Uch nafar bemor vafot etgan, 8 nafari og‘ir ahvolda.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan COVID-19 yuqtirgan bemorlarni davolash uchun 500 ta sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi (IVL) apparatini sotib oldi.

Dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi holati
Johns Hopkins University ma’lumotiga ko‘ra, dunyo miqyosida 1 699 019 kishi koronavirusdan zararlangan, 102 782 kishi vafot etgan, 376 976 nafar bemor sog‘aygan.