O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 700ga yaqinlashdi

11 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 694 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 694 nafarga yetdi, bemorlarning 42 nafari tuzalgan, qurbonlar soni 3tani tashkil qilmoqda.

Koronavirusning dunyoga hujumi: 11-aprelda nimalar ro‘y bermoqda?

Dunyo bo‘yicha ushbu virusga chalinganlar soni 1,7 milliondan oshdi, 357 mingdan ortig‘i kasallikdan forig‘ bo‘ldi, o‘limlar soni 95 707tani tashkil etmoqda.

10 apreldan 11-aprelga o‘tar kechasi dunyoda SARS-COV-2 infeksiyasiga chalinganlik bo‘yicha 96 mingdan ziyod holat aniqlangan, 20 mingga yaqin kishi ushbu kasallikdan sog‘aygan. Shuningdek, 1 sutka ichida 7 mingta o‘lim holatlari qayd etilgan.

Bugungi kunda infeksiya eng keng tarqalgan davlatlar beshligidan AQSh (502 876), Ispaniya (158 273), Italiya (147 577), Fransiya (124 869) va Germaniya (122 171) o‘rin olgan.