O‘zbekistonda aholi gavjum joylarda fitobarlar tashkil etiladi

Fitobarlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barcha turdagi avtovokzal, temir yo‘l vokzallarida ham tashkil etiladi
Sputnik

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. O‘zbekistonda aholi gavjum joylarda, xususan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab maktab va OTMlarda fitobarlar tashkil etiladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.

Tibbiyot tashkilotlarida 1-maydan xalq tabobati xonalari ochiladi

"2020 yilning 1-iyunidan boshlab bosqichma-bosqich barcha vazirlik va idoralarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barcha turdagi avtovokzal, temir yo‘l vokzallarida, bozorlar, sanatoriy-kurort muassasalarida hamda boshqa aholi gavjum joylarda fitobarlar tashkil etiladi", - deyiladi xabarda.

Tadbirkorlar tomonidan davlat muassasalarida fitobarlar tashkil etilganda, davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadi.

Bunda, fitobarlar vending avtomatlari orqali tashkil qilingan hollarda, davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari hisoblanmaydi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparatida Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi negizida Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan.