Xonanda Sevara Nazarxon xayriya markazida volontorlik qilmoqda

Xonanda Sevara Nazarxonning xayriya markazidagi ko‘ngilli ishchi sifatidagi beg‘araz yordami muxlislari tomonidan olqishlarga sazovor bo‘lmoqda
Sputnik

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. Taniqli estrada xonandasi Sevara Nazarxon Toshkentda tashkil etilgan xayriya ishlarini yagona muvofiqlashtiruvchi markazda volonterlik qilmoqda.

Bu haqda xonanda o‘z instagram ida ma’lum qilgan.

"Bugun call-sentra 1197 liniyasidaman... Ajoyib insonlarning ajoyib ishi!", deb yozib qoldirgan xonanda va ushbu ishga aloqador bo‘lgan barchaga o‘z minnatdorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida O‘zbekistonda maxsus komissiya qaroriga ko‘ra ehtiyojmand shaxslarga xayriya yordamlarini manzilli yetkazilishida ko‘maklashuvchi Homiylik xayriyalarini muvofiqlshtirish markazlari tashkil qilingan edi.

Xayriya markazi faoliyati - video >>>

Ushbu markazda xayriya maqsadida jamlangan va xarid qilingan oziq-ovqat va tibbiyot buyumlari jamlanib, manzilga yetkazib beriladi.