Koronavirusning dunyoga hujumi: 11-aprelda nimalar ro‘y bermoqda?

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 669 nafarni tashkil qilmoqda, deb xabar qiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 669 taga yetdi, bemorlarning 42 nafari tuzalgan, qurbonlar soni 3tani tashkil qilmoqda.

Turkiy kengash onlayn sammitida koronavirus pandemiyasi muhokama qilindi

Dunyo bo‘yicha ushbu virusga chalinganlar soni 1,7 milliondan oshdi, 357 mingdan ortig‘i kasallikdan forig‘ bo‘ldi, o‘limlar soni 95 707tani tashkil etmoqda.

10 apreldan 11-aprelga o‘tar kechasi dunyoda SARS-COV-2 infeksiyasiga chalinganlik bo‘yicha 96 mingdan ziyod holat aniqlangan, 20 mingga yaqin kishi ushbu kasallikdan sog‘aygan. Shuningdek, 1 sutka ichida 7 mingta o‘lim holatlari qayd etilgan.

Bugungi kunda infeksiya eng keng tarqalgan davlatlar beshligidan AQSh (502 876), Ispaniya (158 273), Italiya (147 577), Fransiya (124 869) va Germaniya (122 171) o‘rin olgan.

Boshqa davlatlarda holat qanday?

Turkiyada o‘lganlar soni 1000dan oshdi;

Xitoyda tibbiyot muassasalari faoliyati sekin-asta tiklanmoqda;

Tojikistonga koronavirus qachon kirib borishi aytildi

Yamanda CoVid-19ga chalinganlik bo‘yicha ilk holat aniqlandi;

Xalqaro aviareyslar soni 70%ga pasaydi;

Armaniston hukumati favqulodda holat tartibini 1 oyga uzaytirdi;

Italiyalik shifokorlar amerikalik virusolog-shifokorlar bilan hamkorlikda o‘lim koronavirus tufayli ro‘y berganiga ishora qiluvchi ko‘rsatkichni aniqladilar;

AQShda bir sutkada virusni yuqtirganlar soni 500 mingdan oshdi;

Rossiyalik shifokorlar Serbiya va Italiyada koronavirusga qarshi faol kurashni boshlab yubordilar. Bugungi kunda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 11 925taga yetgan, ulardan 797 nafari sog‘aygan, qurbonlar soni 103tani tashkil etmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida nima gap?

Afg‘onistonda virusni yuqtirganlar soni 423 nafarni tashkil etmoqda, sog‘ayganlar soni 18ta, o‘lim holati 14ta; Qozog‘istonda virusga chalinganlar soni 812ta, sog‘ayganlar 64 nafar, 10 kishi vafot etgan; Qirg‘izistonda bemorlanganlar soni 298ta, sog‘ayganlar 33ta, 5 kishi qurbon bo‘lgan; Tojikistonda(0); Turkmanistonda (0).