Do‘konga bir kishidan: Toshkentdagi mahallalarda COVID-19ga qarshi qanday kurashilyapti – video

Toshkent shahrida 61ta statsionar va 514ta mahallalar qoshida karantin postlari tashkil qilingan. Ularning vazifasi – o‘z-o‘zini yakkalash tartibini nazorat qilish va qoidabuzarlarni aniqlash.
Sputnik

Shahardagi postlar barcha transport vositalarini ruxsat beruvchi stikerga va shaharda harakatlanish uchun zarur bo‘lgan boshqa zarur hujjatlar bor-yo‘qligiga tekshirmoqda.

Yuk mashinalari, furgonlar va mikroavtobuslar obdon tekshirilmoqda.

Post orqali o‘tayotganlarning issig‘i o‘lchanmoqda.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari shaxs o‘z-o‘zini yakkalash tartibini buzgan taqdirda, uning velosipedi yoki skuterini vaqtincha olib qo‘yishga haqli.

Epidemiya sharoitida postlar qanday ishlayotgani haqida, mahalliy aholiga qanday tavsiyalar berilayotgani haqida bizning videoda tomosha qiling.