Yangi fleshmob: ayollar yalang‘och holda yostiq bilan suratga tushmoqda

Yangi #QuarantinePillowChallenge xeshtegi ostida boshlangan chelenjga turli davlatlardan 23 ming ayollar qo‘shildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Karantinda zerikib qolgan Instagram foydalanuvchilari yangi chellenjni boshlab yuborishdi.

Unda ishtirok etish uchun ayollar uyda yostiq bilan suratga tushishmoqda. Libos ko‘rinishiga ega bo‘lish uchun yostiq belbog‘ yordamida tanaga mahkamlanmoqda.

Yanada maftunkor ko‘rinish maqsadida ayrim foydalanuvchilar obrazni baland poshnali poyabzal, zargarlik buyumlari va sumkalar bilan to‘ldirmoqdalar.

Fleshmobning foydalanuvchilarga manzur bo‘layotgan jihati, unda uydan chiqmagan holda va ortiqcha urinishsiz qatnashish mumkin.

Ayrim ayollar ushbu chellenjga ijodkorlik bilan yondashganligini ko‘rish mumkin - ular yostiq o‘rniga, odeal va choyshablardan o‘ziga xos kechki libos "yaratishmoqda".

#QuarantinePillowChallenge xeshtegi ostida boshlangan chelenjga turli davlatlardan 23 ming xotin-qizlar qo‘shilgan.  

The DailyMail nashri yozishicha, fleshmobning ma’nosi shundaki, karantin paytida uy kiyimlari odatiy holga aylandi, odamlar o‘z fotosuratlarini bezaksiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni boshladilar.

Qirg‘izistonlik internet foydalanuvchilari ham chelenjga qo‘shilgan.

Bundan tashqari, internet foydalanuvchilari orasida karantin vaqtida sochlarini "kal"ga olish ham ommalashmoqda.