Samarqandda mingdan ortiq fuqarolarga karantindan javob berildi

Qozog‘istondan maxsus poyezd bilan olib kelingan 1057 nafar O‘zbekiston fuqarolari 14 kunlik karantindan so‘ng o‘z uylariga kuzatib qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. Samarqanddagi karantin ostiga olingan obyektdan 1057 nafar o‘zbekistonliklar o‘z uylariga kuzatildi, deb xabar qilmoqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.

Ushbu fuqarolar Qozog‘istondan poyezd bilan olib kelinib 14 kun davomida karantinda saqlangan. ushbu vaqt davomida ularda kasallik alomatlari aniqlanmagan. Fuqarolardan 72 nafari samarqandlik qolganlari boshqa viloyatlardan bo‘lgan. Ular maxsus poyezd va avtobuslarda o‘z uylariga kuzatib qo‘yilgan.

Samarqandda mingdan ortiq fuqarolarga karantindan javob berildi

Karantin o‘tash davrida ularning xavfsizligini ta’minlashda Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari hamda Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi harbiy xizmatchilari jalb qilingan edi, deyilgan xabarda.

Samarqandda mingdan ortiq fuqarolarga karantindan javob berildi