Rossiya hukumati Sberbank aksiyalarining 50 %ini sotib oldi

Bundan buyon Sberbank o‘z daromadini xalq bilan bo‘lishadi - Rossiya hukumati bank aksiyalarining 50 %ini sotib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiya hukumati Markaziy bankdan Sberbank aksiyalarinining 50 %ini sotib oldi deb xabar qilmoqda moliya vazirligi.  

Umumiy qiymati 2,139 trillion rubl bo‘lgan aksiyalar uchun to‘lov Rossiya Milliy Faravonlik fondi hisobidan amalga oshirilgan. Hukumat tomonidan aksiyalar sotib olinishi e’lon qilinganidan so‘ng Sberbank qimmatli qog‘ozlari narxi 20%ga, bitimning umumiy qiymati 300 mlrd. rublga kamaygan. 

Moliya vaziri Vladimir Kolichev aytishiga qaraganda, bunday kamayish soliq to‘lovchilar mablag‘larini tejashga imkon bergan. Sberbank bosh direktori German Gref ushbu bitimni "muhim qadam" deb atadi va "bundan buyon Sberbank daromadi butun Rossiya xalqiga tegishli bo‘ladi" dedi. 

Eslatib o‘tamiz, Sberbank Rossiyaning eng yirik banki bo‘lib, uning aksiyalarining nazorat paketi oldin ham davlatga tegishli bo‘lgan. Vladimir Putin Sberbank aksiyalarini sotib olish haqidagi qonunga mart oyida imzo chekkan edi. Ushbu bitimning maqsadi Rossiyaning eng keng tarmoqli banki boshqaruvida Hukumat o‘rnini saqlab qolish, bu borada Markaziy bank bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan "manfaatlar raqobatini" oldini olishga qaratilgan.