Moskvada o‘zbek migrantlari qariyalarni yong‘indan qutqardilar

8 aprel kechqurun Moskvada “Tretiy vozrast” qariyalar pansionatida yong‘in yuz berdi, binoda 48 qariya va 5 xodim bo‘lgan. Otaxon va onaxonlarning aksariyati o‘zi mustaqil harakatlana olmagan, migrantlar ularni arqon va narvon yordamida ko‘chaga olib chiqishdi.
Sputnik

Bino oldidagi yotoqxonada istiqomat qilgan migrantlar birinchilardan bo‘lib yordamga keldilar.

O‘t o‘chiruvchilar kelishiga qadar O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan migrantlar qariyatlarni ko‘tarib ko‘chaga olib chiqishdi. Pensionerlar arqon va narvon yordamida ko‘chaga olib chiqildi.

Yong‘in oqibatida 16 kishi jarohatlandi, 4 kishi halok bo‘ldi. Hozir tergovchilar yong‘in sabablarini aniqlamoqda. Asosiy versiya – elektr sim o‘tkazgich va isitish qozoni nosozligi.