TOShKENT, 10 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 624 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda sog‘liqni saqlash vazirligi.
"2020 yil 10-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 624 nafarni tashkil qilmoqda", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, butun dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1,5 million kishidan oshdi, 88 mingga yaqin inson pandemiya qurboniga aylangan, 332 mingdan ziyodi sog‘aygan.
O‘zbekistonda kasallikdan tuzalganlar soni 38 kishini tashkil etmoqda.