Saudiya Arabistonida 150 shahzoda yoppasiga koronavirusni yuqtirdi — OAV

Monarx qarindoshlariga xizmat ko‘rsatadigan Qirol Feysal nomidagi kasalxonada 500 VIP-o‘rinlar band qilinganligi aytilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Saudiya Arabistonida qirollik oilasining 150 nafarcha a’zosi koronavirusga chalinganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda The New York Times nashri qirollik oilasiga yaqin manbaga tayangan holda xabar bergan.

Oxiri yo‘q: sog‘ayganlarda koronavirus qayta paydo bo‘lmoqda

Xabarda aytilishicha, qirollik sulolasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qirol Feysal nomidagi kasalxonada hozirda 500ta VIP-o‘rindar tayyorlab qo‘yilgan.

Nashr xabariga ko‘ra, Ar-Riyod gubernatori lavozimini egallab turgan shahzodalardan biri hozirda jonlantirish bo‘limida.

Ta’kidlab o‘tamiz, Saudiya Arabistoni qiroli hozirda 84 yoshda. Qirol Qizil dengizdagi orolda joylashgan saroyda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish qarorini qabul qilgan.

Merosxo‘r shahzoda Muhammad ibn Salmon Al Saud va barcha vazirlar ham "samoizolyatsiyada".

Qirollikning barcha yirik shaharlari karantinga olingan, uydan faqatgina oziq-ovqat yoki tibbiy yordam kerak bo‘lganida chiqish mumkin.

Ayni vaqtda, Saudiya Arabistonida yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 2,9 mingdan oshgan, 41 kishi vafot etgan.

Butun dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1,5 million kishidan oshdi, 88 mingga yaqin inson pandemiya qurboniga aylangan, 332 mingdan ziyodi sog‘aygan.