O‘zbekistonda yana 27 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda - SSV matbuot xizmati xabar qildi
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. 2020-yil 9-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda.

COVID-19: O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so‘nggi yangiliklar

Sog‘ayganlar soni 30 nafarni tashkil qilmoqda, uch kishi vafot etgan.

Bugun 9 apreldan boshlab, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytirildi.

Fuqarolarning ushbu shaharlarga kirishi va chiqishi cheklanadi. Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillari bundan mustasno.

Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etiladi.

Bungacha Toshkent va Nukus shaharlari hamda 12 ta viloyatning ma’muriy markazi bo‘lgan shaharlarda karantin talablari kuchaytirilib, shaharlarga kirish va chiqish cheklangan.