O‘zbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Surxondaryo viloyatidan insonparvarlik yordami ortilgan poyezd yo‘lga chiqdi va bugun Tojikiston poytaxtiga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tojikistonga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida insonparvarlik yordami ortilgan poyezdni jo‘natdi.

Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Surxondaryo viloyatidan un va tibbiyot vositalari ortilgan 18 ta vagondan iborat poyezd sostavi kuni kecha yo‘lga chiqdi va bugun Dushanbega keldi.

O‘zbekiston qo‘shni respublikaga beg‘araz ravishda bir ming tonna un, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, tibbiy himoya kiyimi va ko‘zoynaklar, qo‘lqop, niqob, baxila va respiratorlarni jo‘natdi.

Sputnik Tojikiston ma’lum qilishicha, gumanitar poyezdni bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim va sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda kutib oldi.

Bundan avval O‘zbekiston Qirg‘iziston va Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yuborgandi.