Oxiri yo‘q: sog‘ayganlarda koronavirus qayta paydo bo‘lmoqda

Janubiy Koreya va Tailandda sog‘aygan kishilarda koronavirus qayta paydo bo‘lishi holatlari aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha tadqiqot boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Koronavirus yangi shtammi sog‘aygan odamlarda qayta paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar qildi Bloomberg Janubiy Koreyadagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga asosan.

Koronavirus bosh miyani jarohatlashi mumkin – Rossiya olimlari

Markazning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusdan tuzalgan 50 nafardan ortiq kishi qayta test topshirdi va ularda ijobiy natija ko‘rsatdi.

Markaz rahbari Chon In Ken fikriga ko‘ra, katta ehtimollik bilan koronavirus bemorlar qayta yuqtirilmagan, virus "qayta faollashgan".

“Biz ehtimoliy sabab sifatida virus "reaktivatsiya"siga katta ahamiyat bermoqdamiz, shuning uchun bu masala bo‘yicha har tomonlama tadqiqot olib bormoqdamiz”, - dedi mutaxassis.

Davolanish paytida bemorda salbiy natija qayd etilgan holatlar bo‘lganligini, ertasi kuni esa ijobiy testlar olgan. Ta’kidlanishicha, agar 24 soat farq bilan o‘tkazilgan ikkita test salbiy bo‘lsa, odam koronavirusdan to‘liq tiklangan deb hisoblanadi.

Janubiy Koreya koronavirus tarqalishi avj olgan ilk davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda 10 ming bemor qayd etilgan, 200 kishi vafot etgan. Epidemiyani to‘xtatish maqsadida Janubiy Koreya hukumati dunyoda eng katta aholini testdan o‘tkazish dasturini o‘tkazdi.

Karantin tugadi: tashqi dunyodan uzilgan shahar ochildi

Bugun Tailandda koronavirusni qayta yuqtirish holati qayd etilgani ma’lum bo‘ldi. "Txai Rat" gazetasi tailandlik ayol sog‘ayib, shifoxadan javob olganidan so‘ng qayta koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqida xabar berdi.

Bu ayol xorijdan Tailandga mart oyi boshida qaytgan, 12-mart kuni kasal bo‘ldi va Bangkokda shifokorga murojaat qildi. Uning testi ijobiy natija ko‘rsatdi. Bemor ikki hafta davomida davolandi, uch marta o‘tkazilgan test salbiy natijasidan keyin shifoxonadan javob berildi.

4 aprel kuni ayol shamollash alomatlari bilan shifokorga murojaat etdi. Koronavirusga uch martalik test ijobiy natijani ko‘rsatdi, ayol shifoxonada qayta davolanish uchun yotqizildi.