Maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan avtotransport ro‘yxati e’lon qilindi

Davlat boshqaruv organlari, vazirliklar, kuch ishlatar tizimlari, aloqa va va pochta hamda tibbiy, epidemiologik tashkilotlarning xizmat avtomobillariga maxsus ruxsatnoma olmasdan harakatlanishga ruxsat berildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Harakatlanganda ruxsatnoma talab etilmaydigan avtotransport vositalari ro‘yxati va shaxsiy transportdan qanday hollarda ruxsatnoma-stiker talaba qilinmasligi ma’lum bo‘ldi. 

Huquqiy axborot telegram kanalida e’lon qilingan ro‘yxatda quyidagi holatlarda ruxsatnoma talab qilinmasligi aytib o‘tilgan:

  • Davlat va xususiy tibbiy sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarning shaxsiy avtomobillari;
  • Homiladorlik, tug‘ruq, tan jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari;
  • Litsenziyaga ega bo‘lgan taksi avtomobillari yetkazib berish xizmati ko‘rsatish va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy muolaja kerak bo‘lgan bemorlarni olib borayotgan vaqtida;
  • Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning maxsus avtomobillari;
  • DXX, IIV, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy  kurash departamenti xodimlarining shaxsiy avtomobillari;
  • Prezident administratsiyasi, Oliy majlis palatalari, Vazirldar Mahkamasi, Milliy gvardiya, Davlat Bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, FVV, Sud va prokuratura organlarining xizmat avtomobillari;
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va Uzaeronavigatsiya agentligining xizmat avtomobillari;
  • Hisob palatasi, biznes-ombudsmen, Ombudsmen, Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtomobillari;
  • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat xo‘jalik boshqaruv organlarining birinchi rahbarlari;
  • O‘zbekiston teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligining xizmat avtomobillari;
  • “Respublika inkassatsiya xizmati” DUK avtomobillari;
  • Xorijiy davlat vakolatxonalarining CMD, D, UN, M, X davlat belgili avtomobillari;
  • Aloqa xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar, O‘zbekiston pochtasi, O‘zbektelekom, O‘zinfokomga tegishli xizmat avtotransport vositalari;
  • N1, N2, N3 toifaga kiruvchi avtotransport va qishloq xo‘jalik texnikalari;
  • “Toshshahartransxizmat” avtobus saroyining M2 va M3 toifadagi transport vositalari;
  • Dafn marosimida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtomobillar;

Shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 toifadagi shaxsiy transport vositalari ham 1 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanishiga ruxsat berilgan.