Kuchli shamol va xo‘l qor O‘zbekistonning bir qismini elektr tokidan mahrum qildi

Energetika vazirligi elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan holda, ushbu ishlarni yakunlash va elektr ta’minotini tiklash choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. 9 aprelga o‘tar kechasi O‘zbekistonda kuzatilgan kuchli shamol (shtorm) tufayli mamlakatning bir qismi (o‘rtacha hisobda iste’molchilarning 15%i) elektr tokidan mahrum bo‘ldi. Eng ko‘p talafot ko‘rgan region Samarqand viloyatidir (30%), deb xabar qiladi Energetika vazirlidan olingan ma’lumot asosida Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonda karantin vaqtida qarzdor iste’molchilar elektr tokidan uzilmaydi

Toshkent viloyati, Toshkent shahri Sirdaryo, Jizzah, Samarqand va boshqa viloyatlarda noqulay ob-havo natijasida daraxtlarning sinishi va qulashi bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelgan. Hozirda Toshkentning ko‘pgina ko‘chalarida qulab yotgan daraxtlarni ko‘rish mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va bo‘limlari xodimlari tomonidan joylarda yo‘laklar, avtomobillar harakatlanuvchi ko‘chalar, xiyobonlar bo‘ylab tozalash ishlari olib borilmoqda.

FVV qutqaruv brigadalari kuchaytirilgan tartibda ish olib borayotgan bo‘lsalar-da, 17.00ga qadar ham poytaxt ko‘chalari singan daraxtlardan to‘liq tozalab olinmagan.

Kuchli shamol va xo‘l qor O‘zbekistonning bir qismini elektr tokidan mahrum qildi

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi elektr tokida bo‘layotgan uzilishlar elektr tokining tanqisligi bilan bog‘liq emasligiga alohida urg‘u bermoqda.

Kuchli shamol va xo‘l qor O‘zbekistonning bir qismini elektr tokidan mahrum qildi

Energetika vazirligi ayni vaqtda mamlakatda yetarli miqdorda elektr quvvati ishlab chiqarilayotganini ta’kidlagan holda, muammo yuzaga kelgan joylarda elektr ta’minotini tiklash choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

"Mamlakatimiz bo‘ylab kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli respublikamizning turli hududlarida elektr qurilmalarida vujudga kelgan avriyaviy holatlar hamda qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni vaqtda "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining topshirig‘i bilan respublikamizning barcha hududlarida elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

Kuchli shamol va xo‘l qor O‘zbekistonning bir qismini elektr tokidan mahrum qildi

Vazirlik elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘rab, ushbu ishlarni yakunlash va elektr ta’minotini tiklash choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qildi.