Ispaniya yozni sayyohlarsiz o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopilgan. Shu sababli Ispaniya hukumati yoz mavsumini sayyohlarsiz o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Ispaniyada koronavirus pandemiyasi tufayli xorijiy sayyohlarsiz yoz mavsum haqida e’lon qilindi, deb xabar qildi ABC.

Iqlim sharoiti koronavirusga ta’sir qilmaydi – Italiya olimlari

“Ispaniya hukumati yopilgan chegaralar bilan xorijiy turizmlarsiz yozni o‘tkazish rejasi ustida ish olib bormoqda”, - deyilgan xabarda.

Mamlakatda yozda ham cheklovlar bo‘lishiga qaramasdan ichki turizmga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, hukumat epidemiologlarning plyajlarda odamlar soni bo‘yicha cheklovlar joriy etish haqidagi tavsiyalarni o‘rganmoqda.

Ispaniya o‘tgan yili xorijiy sayyohlar bo‘yicha yettinchi rekord o‘rnatgandi, 2019-yilda mamlakatga 83,7 million kishi tashrif buyurdi. Sayyohlar xarajati 92,3 milliard yevroga yetgandi.

Ispaniya koronavirus aniqlangan holatlar soni (AQShdan so‘ng) va o‘limlar (Italiyadan so‘ng) soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Epidemiya boshlangandan beri Ispaniyada 152 mingdan ortiq kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan, 48 mingdan ortiq kishi sog‘aydi, 15 mingdan ortiq kishi vafot etdi.