Avtotransportga maxsus ruxsatnomalar berish to‘xtatildi

Bugundan avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnomalar berish to‘xtatildi, ular shu kunga qadar berilgan stikerlandan foydalanadi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma - stikerlar berish to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Agentlik matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu chora O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan, 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi. Bunda avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi,- deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek, avtotransport harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlari ro‘yxati qisqartirilib, alohida e’lon qilinishi ham aytib o‘tilgan. Shu vaqtga qadar ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.