Afg‘onistonda NATO aviabazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi

Hujum uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan, deb xabar bermoqda Reyter agentligi
Sputnik

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Afg‘onistonning Parvan provinsiyasi Bagram tumanida NATO aviabazasi beshta raketa tomonidan o‘qqa tutildi, deb xabar bermoqda alyansning Afg‘onistondagi Resolute Support (Qat’iy ko‘mak) missasi.

"Beshta raketa Bagram aerodromi bo‘ylab tong saharda zarba berdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Bizning sheriklarimiz, Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kuchlari hodisani o‘rganmoqda", - deyiladi missiyaning Twitterdagi xabarida.

​O‘z navbatida, Reyter agentligi hujum uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgani haqida xabar bergan.